18:50 / 30.07.2017
11139

Serra-Leoneda yugurish taqiqlandi

Serra-Leoneda shaharlarning ko‘chalarida halloslab yugurish taqiqlandi. Bu haqda Africanews xabar tarqatgan.

Bu haqda 27 iyul kuni aholi ogohlantirilgan. Afrikadagi ushbu davlat politsiyasi boshlig‘i Frensis Ale Munu shunday qarorni imzolagan.

Bunday cheklov kiritilishi yuguruvchilar tomonidan noqulayliklar keltirib chiqarilishi bilan izohlangan. Politsiyada ma'lum qilinishicha, bundaylar boshqa yo‘lovchilarning hamiyatiga tegishi, ularning narsalarini o‘g‘irlashi, yo‘l harakatiga xalaqit qilishi, avtomobillarga teginishi yoki musiqani baland qo‘yib boshqalarning g‘ashini keltirishi holatlari kuzatilgan.

Endilikda Serra-Leoneda yugurish uchun maxsus ruxsatnoma kerak bo‘ladi. Mahalliy hokimiyat bu qoidani buzganlarga qanday jazo belgilanishiga aniqlik kiritmagan.

Shu bilan birga istagan kishilar plyajlarda yoki maxsus sport hududlarida yugurishi mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top