09:10 / 30.07.2017
9434

Tramp Xitoy Shimoliy Koreya muammosini hal qilish uchun hech narsa qilmayotganini aytdi

Foto: EPA

Xitoy Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa ishlanmalari atrofidagi inqirozni tartibga solish uchun AQSh bilan birgalikda hech qanday faol choralar ko‘rmayapti. Xitoyga bunday ayblovni AQSh prezidenti Donald Tramp qo‘ydi.

U Xitoyning bu yo‘nalishdagi xatti-harakatlarini tanqid ostiga olgan. “Men Xitoydan juda hafsalam pir bo‘ldi”, deb aytgan Tramp bu haqda tvitterda.

“Bizning avvalgi ahmoq yetakchilar xitoyliklarga ikki tomonlama savdo orqali yiliga yuzlab milliardlar ishlab topishga imkon berganlar. Biroq Xitoy rahbarlari Shimoliy Koreya borasida biz uchun hech narsa qilmay, gapdan ortmayaptilar. Biz bunday davom etishiga boshqa ijozat bermaymiz.  Xitoy bu muammoni osongina hal qilishi mumkin edi!”, deb yozgan Tramp.

Mavzuga oid
Top