17:47 / 31.07.2017
5232

Yashnobod tumanida 63 tup nasha yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi

Yashnobod tumanida 30 iyul kuni Yashnobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan 63 tup nasha yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yashnobod tumanida 30 iyul kuni 1970 yilda tug‘ilgan, ishlamaydigan, Obisher ko‘chasida yashovchi R.A. o‘z uyida 63 tup «nasha» o‘simligini yetishtirganligi aniqlanib, ushlangan. 

Yashnobod tuman IIB tomonidan fuqaro R.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top