17:44 / 31.07.2017
9386

Chernobil AESdagi qator obektlar ijaraga berilmoqda

Foto: Reuters

Ukraina davlat mol-mulki jamg‘armasi Chernobil atom elektr stansiyasi sovutish tizimining qator obektlari ijaraga berilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda jamg‘arma saytida aytiladi.

«Davlat mol-mulk jamg‘armasi ko‘chmas mulk – «Chernobil atom elektr stansiyasidagi sovutish tizimi obektlari»ning bir qismini ijaraga olishga taklif qilmoqda. Hududning umumiy maydoni – 2,5 mln kvadrat metr», - deya ta'kidlanadi xabarda.

Jamg‘armadan aniqlik kiritishlaricha, ijaraning maksimal muddati – 49 yilga teng.

Inshootlar quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr quyosh elektrostansiyalarini joylashtirish uchun ijaraga berilmoqda.

Mavzuga oid
Top