17:38 / 31.07.2017
4824

Chilonzorda 4 mln so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Foto: "Kun"

2017 yilning 27 iyul kuni taxminan soat 16:30larda Qobiljon Azimov va Bahodir Salimjanovlar o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Chilonzor tumani hududida fuqaro Anton Petrichenkoning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) boshqaruvida bo‘lgan "Isuzu" rusumli avtomashina eshigini buzish yo‘li bilan ochib, uning salon qismidan 4.370.000 so‘m pullar va 200.000 so‘mlik kiyimlarini o‘g‘irlaganlar. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Top