07:57 / 31.07.2017
11098

GFR iqtisodiyot vaziri: AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyasi xalqaro huquqni buzish 

Foto: Berliner Morgenpost

Germaniya iqtisodiyot vaziri Brigitt Tsipris AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarini xalqaro huquqni poymol qilish deb baholadi. Bu haqda Berliner Morgenpost nashri xabar qilmoqda.

«Bu shunchaki xalqaro huquqni buzadi. Amerika nemis kompaniyalari boshqa davlatda iqtisodiy faoliyat olib borganlari uchun ularga jarima qo‘llay olmaydi», — degan vazir. 

Rasmiy Moskva AQSh Kongressining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalariga javoban amerikalik diplomatlar sonini cheklashga qaror qilgan edi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa, RF uzoq vaqt davomida AQSh bilan munosabatlarda iliqlikka umid qilgan.

Top