17:45 / 31.07.2017
31501

Ronaldu sudga bordi, suddan keyin jurnalistlarni ranjitdi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Posuelo-de-Alakron sudida soliqlardan bo‘yin tovlagani bo‘yicha ishda ko‘rsatma berdi.

32 yoshli portugaliyalik futbolchi sud majlisi zalidan chiqqach, matbuot vakillari bilan gaplashishni istamagan. Uning chiqishini tashqarida 215 kishi kutib turgandi. Ammo futbolchi chiqiboq uyiga yo‘l olgan, jurnalistlar press-reliz bilan kifoyalangan.

Ronaldu 2011-2014 yillar davomida Ispaniya hukumatidan 14,7 million yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaslikda ayblangan.

Agar Ronalduning aybi isbotlansa, unga 2 yillik qamoq va 14,8 mln yevro miqdoridagi jarima jazosi tayinlanishi mumkin.

Top