09:07 / 31.07.2017
7740

Tramp Rossiyaning Ukraina bo‘yicha harakatlari o‘zgarishiga umid qilmoqda

AQSh vitse-prezidenti Maykl Pensning ma'lum qilishicha, prezident Donald Tramp Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakati o‘zgarishiga umid qilmoqda. Bu haqda Pens Fox News’ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Rossiyaning Ukraina masalasi bo‘yicha hozirgi harakatlarini qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp yaqin orada Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasini imzolash niyatida.

Avvalroq AQSh kongressi tomondan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarning kiritilishi Qo‘shma Shtatlarning Rossiya tomondan ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha qadamlarini ko‘rish istagini bildirishi ma'lum qilingandi.

Top