14:20 / 31.07.2017
14321

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 4100 so‘mga yaqinlashdi

31 iyul kuni O‘zbekiston Markaziy banki chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

O‘tgan haftaga nisbatan dollar kursi 27,99 so‘mga oshdi. Endilikda bir dollar 4098,37 so‘mni tashkil qilmoqda.

Bundan tashqari, yevro kursi 95,15 so‘mga qimmatlashib, 4792,82 so‘mni tashkil etgan.

Ayni vaqtda 1 Rossiya rubli 68,83 so‘mga teng (-0,24).

Top