12:13 / 01.08.2017
8527

Kuba: Venesuelaga qarshi xalqaro amaliyot boshlandi

Kuba hukumatining fikricha, Venesuelaga nisbatan «yaxshi muvofiqlashtirilgan xalqaro amaliyot» boshlangan. Bu haqda RIA «Novosti» Kuba tashqi siyosat idorasi bayonotiga asosan xabar tarqatdi.

«Kuba Vashington tomonidan Amerika davlatlari tashkiloti bosh kotibi Luis Almagroning qo‘llab-quvvatlovi bilan yaxshi muvofiqlashtirilgan xalqaro amaliyot ishga tushirilganini ma'lum qiladi. Uning maqsadi – Venesuela xalqini jim o‘tirishga majburlash va uning xohishini tan olmaslik, uni hujumlar hamda iqtisodiy sanksiyalar orqali bosh egishga undashdir», - deya ma'lum qilishgan TIVdan.

Kubadan ta'kidlashlaricha, ularga «bunday bosqinchilik amaliyoti juda yaxshi tanishdir».

Tashqi siyosat idorasidan ma'lum qilishlaricha, faqatgina Venesuela aholisi muammolarni qanday bartaraf etish va o‘z kelajagini o‘zi belgilash huquqiga ega. 

«Aralashish, noqonuniy yig‘ilishlar, bolivarlik ruhiga xiyonatni to‘xtatish kerak», - deya ta'kidlab o‘tishgan TIVdan.

Avvalroq Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni diktator deb atagandi.

Mavzuga oid
Top