00:43 / 01.08.2017
13188

Samarqandda yil imomi aniqlandi

Samarqand shahrida O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tasarrufidagi masjid imom-xatiblari va noib imomlari o‘rtasida «Yil imomi – 2017» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi viloyat hokimligining rasmiy sayti  

Yuqori saviyada o‘tgan tanlovda dastlabki bosqichda g‘oliblikni egallagan 16 nafar imom xatib va noib imomlar bellashdi.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, Past Darg‘om tumanidagi «Oshiq ota» jome' masjidi imom-xatibi Karimxon Azimov viloyatning yil imomi deb topildi.

Samarqand tumanidagi «Yangi masjid» jome masjidi imom-xatibi Halim Muhiddinov va Samarqand shahridagi «Xo‘ja Abdu Darun» jome masjidi imom-xatibi Zafar Mahmudov ikkinchi o‘rinni band etishdi. Uchinchi o‘ringa esa Payariq tumanidagi «Sog‘ish ota» jome' masjidi imom-xatibi Nodir Qobilov loyiq topildi.

— Yurtboshimizning «Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash davr talabi» mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqi bizga bildirilgan ishonchni oqlab, mas'uliyatni his etgan holda faoliyat olib borishga undadi, – deydi K.Azimov. — Bugun biz joylarga borib «Jaholatga qarshi ma'rifat» shiori ostida suhbatlar olib boryapmiz, kishilar ongiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan turli g‘arazli g‘oyalarning asl mohiyatini tushuntiryapmiz. Natija esa ijobiy bo‘lyapti.

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va vakillikning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid
Top