05:56 / 01.08.2017
81851

Test imtihonlari jonli efirda

Bugun, 1 avgust kuni O‘zbekistondagi barcha Oliy ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili uchun qabul imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi imtihonlar har safargidan ko‘ra qat'iy tartiblarda o‘tkaziladi, shaffoflikni ta'minlash choralari kuchaytirilgan.

Xususan, Yuridik universitetining test imtihonlari jonli efirda ko‘rsatib turiladi. Bu jarayonda «Kun.uz» ijodiy guruhi hamda «O‘ztelekom» AK xodimlari qatnashadi.

Imtihonlar uchun «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasining 6 ta binosi — 4ta pavilon va ikkita auditoriya ajratilgan. Bu binolarga ota-onalarning kuzatishi, xavfsizlik va boshqa maqsadlarda ko‘plab kameralar bilan o‘rnatilgan. «O‘zbektelekom» AK bosh-qosh bo‘lib internetga ulangan o‘sha kameralarning 20 tasidan tasvirlar «Kun.uz» ijodiy guruhi hamkorligida o‘quvchilarimiz e'tiboriga havola etib turiladi.

Quyida o‘sha kameralar tomonidan uzatilayotgan jonli tasvirlar orqali abituriyentlarning test yechish jarayonlarini kuzatishingiz mumkin.

 

Top