18:50 / 02.08.2017
6264

Yashnobodda “iPhone 5S”ni qo‘ng‘iroq qilish uchun olib, "quyonning rasmini chizgan" shaxs ushlandi

Joriy yilning 25 iyul kuni Yashnobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan “iPhone 5S” uyali telefonidan qo‘ng‘iroq qilib olishni iltimos qilib, telefonini olib quyonning rasmini chizib ketgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yashnobod tumanida 25 iyul kuni soat 14.00da 1985 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, Shayxontohur tumani, Suzukota ko‘chasida yashovchi M.A., Aviasozlar 2-41-161da joylashgan fotostudiyada, 1984 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi A.S.ga tegishli 300 AQSh dollarlik “iPhone 5S” uyali telefonini qo‘ng‘iroq qilib olish uchun olib, voqea joyidan yashiringanligi aniqlanib, ushlandi.

Yashnobod tuman IIB tomonidan fuqaro M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan  jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Mavzuga oid
Top