18:28 / 02.08.2017
24662

«Barselona» Neymarning narxini ma'lum qildi

«Barselona» klubi «PSJ»ga o‘tishi kutilayotgan Neymarning transferi bilan bog‘liq vaziyat borasida rasmiy bayonot bilan chiqdi.

«Ertalab tongda Neymar otasi va agenti bilan jamoani tark etmoqchi ekanidan klubni boxabar qildi. Klub ularga futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan bandni eslatdi va uni sotib olmoqchi bo‘lgan taraf 1 iyuldan boshlab 222 million yevroga yetgan tovon pulini to‘liq to‘lab berishi lozimligini eslatdi. Neymarning «Barselona» bilan shartnomasi o‘z kuchida qolmoqda. Ammo futbolchi kelajagiga oydinlik kiritib olish maqsadida vaqtinchalik mashg‘ulotlardan ozod qilishni so‘radi va murabbiy unga javob berdi», – deyiladi «Barselona» bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «PSJ» 222 million yevro tovon pulini moliyaviy feyr-pley talablarini cheklab o‘tish maqsadida klub xo‘jayiniga tegishli bo‘lgan Qatardagi fond orqali to‘lashga qaror qilgandi. Shuningdek ular, Neymarning o‘zi «Barselona»dagi shartnomasini sotib olish huquqidan foydalanishni rejalashtirishgan. Bunda Neymar JCh-2022 elchisi bo‘ladi va undan ishlab topgan mablag‘iga o‘z shartnomasini sotib oladi.

Top