21:09 / 02.08.2017
4968

Qatar AQSh Fors ko‘rfazidagi inqirozni hal qilgani vakillar yuborishini aytdi

Foto: RIA Novosti / Yevgeniy Odinokov

Qatar AQSh davlat kotibi Reks Tillersondan u Fors ko‘rfazidagi diplomatik inqirozni hal qilgani amerikalik vakillarni yubormoqchiligi haqida ma'lumot oldi. Bu haqda Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy ma'lum qildi. 

“Bu inqirozni hal qilishda Amerikaning roli juda muhim. Janob Tillerson vositachilik kirib qolgan boshi berk vaziyatni hal qilish uchun o‘z tomonidan vakillar yuborishini aytdi», deb ma'lum qildi Ol Soniy Dohadagi matbuot anjumanda.

Qatar vaziri ushbu mojaroda asosiy vositachi Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad as-Saboh bo‘lib qolayotgani ta'kidlab o‘tdi. 

Top