18:23 / 02.08.2017
26154

Qonunchilik palatasi deputati vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a'zosi Anvarbek Matyakubov vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Anvarbek Matyakubov O‘zLiDeP fraksiyasi a'zosi bo‘lgan bo‘lib, Xorazm viloyatidan saylangan deputatdir. Deputat bugun dafn etilgan.

Matyakubov ko‘p yillar Xorazm viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2014 yildan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Shu kunlarda muhokama qilinayotgan yangi tahrirdagi "O‘rmon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqishda ham ushbu deputatning xizmatlari katta bo‘lgan.

Sayt tahririyati Anvarbek Matyakubovning qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Top