16:50 / 02.08.2017
10846

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazi magistraturasiga qabul boshlandi

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazi «Biznesni boshqarish magistri» («Master of Business Administration – MBA») mutaxassisligi bo‘yicha 2017/2018 o‘quv yillari uchun magistraturaga qabul to‘g‘risida e'lon qildi.

O‘qish kunduzgi shaklda ikki yillik magistratura ta'lim dasturi bo‘yicha kontrakt-to‘lov asosida tashkil etiladi. Bitiruvchilarga magistr darajasi va davlat namunasidagi diplom beriladi.

Ta'lim jahon andozalari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturlar asosida olib boriladi va tinglovchilar o‘quv-amaliyotlarni (stajirovka) O‘zbekiston hamda xorijning yetakchi kompaniya va korporatsiyalarida o‘tashadi.  

Magistraturaga oliy ma'lumotli, oliy ta'lim muassasasini bitirgandan so‘ng kamida uch yillik ish stajiga ega 40 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan xo‘jalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tadbirkorlik sub'yektlarining rahbar xodimlari hamda mutaxassislari test sinovlari yo‘li bilan ochiq tanlov asosida qabul qilinadilar.

Test sinovlari quyidagi fanlardan o‘tkaziladi: ingliz tili, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, iqtisodiyot nazariyasi.

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazi magistraturasi tinglovchilari uchun o‘qish davrida ular egallab turgan ish o‘rinlari (lavozimlari) va ish haqi saqlab qolinadi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2017 yilning 17 iyulidan
17 avgustgacha.

Qabul komissiyasi dushanbadan juma kunigacha soat 9.00 dan 17.00 gacha va shanba kuni soat 9.00 dan 15.00 gacha Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazining quyidagi manzili bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi: Toshkent shahri, Mirobod ko‘chasi 25–uy.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon orqali olish mumkin: (+99871) 239-03-05.

Veb sayt: www.cgc.uz

Top