Britaniyaning Telegraph gazetasi qirolicha Yelizaveti II’ning turmush o‘rtog‘i – Edinburg hertsogi Filippning o‘limi haqida xato ma'lumot berdi. Bu haqda Evening Standard xabar qilmoqda.
Aftidan, shahzoda Filippning vafotiga bag‘ishlangan maqola sarlavhasi ma'lum qilingan, sababi qirolichaning turmush o‘rtog‘i necha yoshda ekani ko‘rsatilmagan.
Bukinghem saroyi izoh berishdan bosh tortdi. Nashr Telegraph’dan ham bu borada tushuntirish ololmadi.
Edinburg hertsogi chorshanba, 2 avgust kuni rasmiy tadbirga so‘nggi bor kelishi kerak. Avval xabar berilganidek, 96 yoshli Filipp pensiyaga chiqmoqda. Qirolichaning turmush o‘rtog‘i Londondagi Britaniya dengiz piyoda askarlari xayriya paradida qatnashishi kutilmoqda.