08:00 / 03.08.2017
6210

Afg‘onistonda ikki amerikalik harbiy halok bo‘ldi

Foto: EPA

Afg‘oniston jaubidagi Qandahor viloyatida NATO kuchlari karvoniga qaratilgan terakt oqibatida ikki amerikalik harbiy halok bo‘ldi.

Terrorchi-xudkush tomondan amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni toliblar o‘z zimmasiga olgan. Harbiylarning o‘limi Pentagon tomondan rasman tasdiqlangan, boshqa ma'lumot berilmagan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik generallar bilan uchrashuv vaqtida Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan o‘zining juda g‘azablanayotganini yashira olmagandi. U hattoki Afg‘onistondagi AQSh va NATO kuchlari qo‘mondoni general Jon Nikolsonni almashtirishni taklif qilgandi.

 

Top