09:27 / 03.08.2017
6646

Yashnobodda o‘g‘rilik sodir etayotgan shaxs uy egasi tomonidan ushlandi

Joriy yilning 31 iyul kuni Yashnobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘g‘rilik jinoyatini oxiriga yetkaza olmagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yashnobod tumanida 31 iyul kuni soat 01.00 da, 1992 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlanmagan, Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi Yu.N., 1986 yilda tug‘ilgan Tabibiy ko‘chasida yashovchi Z.D.ning uyiga tomidan oshib kirib, jinoyatni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmasdan, uy egasi tomonidan ushlangan.     

Yashnobod tuman IIB tomonidan fuqaro Yu.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,169 m. 1-q. bilan  jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Mavzuga oid
Top