08:52 / 03.08.2017
13199

«Barsa» sobiq prezidenti Neymarning ketishiga nima sabab bo‘layotganini aytdi

«Barselona»ning sobiq prezidenti Joan Laporta jamoaning hozirgi rahbariyatini tanqid qildi. Bunga hujumchi Neymarning «PSJ»ga 222 mln yevro evaziga transfer qilinayotgani sabab bo‘lgan.

«Neymarning ketishi – rahbariyat o‘z ishini tushunmasligiga yana bir isbot. Jamoada moliyaviy muammolar ham, hamda ularga hech kim buni payqamasligi uchun ushbu transfer zarur», - deya yozdi Laporta «Tvitter»da.

Avvalroq «Barselona» braziliyalik o‘yinchi klubni tark etishi haqida xabardor qilgani haqida rasman ma'lum qildi. Kutilishicha, u «PSJ» bilan ushbu haftadayoq shartnoma imzolaydi.

Top