15:45 / 03.08.2017
12365

Klichko: «Nimani orzu qilgan bo‘lsam, barchasiga erishdim»

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko sport faoliyatini yakunlashiga turtki bergan sabablar haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Men yakuniy va aniq qarorni qabul qilish uchun atayin bir necha hafta kutdim. Bu u to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilishda qo‘l kelishi kerak edi. «Uembli»dagi jangdan so‘ng ancha vaqt o‘tishi kerak edi. Havaskor bokschilik, keyin esa professional darajadagi paytlarimda nimani orzu qilish mumkin bo‘lsa, barchasiga erishdim, hamda endi ikkinchi, sportga aloqasi bo‘lmagan faoliyatni boshlamoqchiman. Bilasizmi, men boksda shunday uzun va juda muvaffaqiyatli yo‘lni bosib o‘tishimga hech kim ishonmagandi. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Birinchi navbatda bu mening oilam, jamoam va ko‘plab muxlislarimga tegishli», - deya uning so‘zlarini keltiradi BoxingScene.

Eslatib o‘tamiz, 1996 yilda Vladimir Klichko Olimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylangandi.

Avvalroq esa Vladimir Klichko faoliyatini yakunlagani haqida xabar berildi.

Mavzuga oid
Top