18:16 / 04.08.2017
8534

Daniya shahzodasi rafiqasining oldiga dafn etilishidan norozi

Foto: AFP

Daniya mamlakatining amaldagi boshqaruvchisi qirolicha Margrete II'ning turmush o‘rtog‘i shahzoda maqomidagi Henrik qirollik oilasidan arazlamoqda. Gap shundaki, 1967 yili turmush qurgan Henrikka monarx oilasi tomonidan qirol maqomi berilmagan. 83 yoshli keksa shahzoda vafot etgan taqdirda, uning jasadi rafiqasining yoniga dafn etilmasligini xohlashini aytgan.

"Bu ochiq oydin namoyon, shahzoda o‘z maqomidan butun umr davomida norozi bo‘lib kelgan. So‘nggi yillarda bu araz alangalab, jiddiy qarorlarga sabab bo‘lmoqda", - deydi qirollik saroyning Aloqalar bo‘yicha rahbari Lene Ballebi.

1934 yili Fransiyada tavallud topgan shahzoda, avvalo, o‘z ona yurtida jasadi kuydirilib, so‘ngra Daniyada dafn etilishi mumkin. O‘tgan yili jamoatchilik ishlaridan iste'foga chiqishini aytgan Henrik hozirda saroy yumushlari bilan band.

Mavzuga oid
Top