17:45 / 04.08.2017
8502

“DXR”: NATO va AQSh Kiyevga norasmiy tarzda qurol yetkazib bermoqda

Foto: RIA "Novosti"

“Donetsk xalq respublikasi” tezkor qo‘mondonligi qo‘mondoni o‘rinbosari Eduard Basurinning ma'lum qilishicha, NATO va AQSh anchadan beri ukrainalik kuch tuzilmalar xodimlariga noqonuniy ravishda qurol-yarog‘ yetkazib bermoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.

«AQSh va NATO qurol-yarog‘ hamda o‘q-dorilarni Ukraina qurolli kuchlariga noqonuniy ravishda yetkazib berishni anchadan beri amalga oshirmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Basurinning iddao etishicha, Kiyev Bolgariyada ishlab chiqarilgan RPG-7 parchalanuvchi granatalarni olgan hamda ular 31 iyulga o‘tar kechasi Avdeyevka tumanida qo‘llanilgan.

«Bolgariya NATO davlati hisoblanadi, hamda Ukraina qurolli kuchlari bo‘linmalarida shunday qurol-yarog‘larning borligi o‘q-dorilar noqonuniy yetkazib berilishining yana bir isboti», - deya qo‘shimcha qilgan u.

Avvalroq The Wall Street Journal nashri amerikalik amaldorlar orasidagi manbalarga asosan Pentagon va Davlat departamenti Ukrainaga tanklarga qarshi raketalar hamda boshqa qurol-yarog‘ni yetkazib berish bo‘yicha reja ishlab chiqqanini xabar bergandi. Ta'kidlanishicha, idoralar Oq uydan tasdiqlovni kutmoqda.

Oldinroq Tramp Rossiyaning Ukraina bo‘yicha harakatlari o‘zgarishiga umid qilayotgani ma'lum qilingandi.

Top