07:35 / 04.08.2017
18933

Dubayda dunyodagi eng baland binolardan birida yong‘in yuz berdi (Video)

Foto: gulfnews.com

Dubayda dunyodagi eng baland binolardan biri – 79 qavatli The Torch binosida yong‘in chiqdi. 

Shahar politsiyasida ma'lum qilinishicha, yong‘in balandligi 348 metr bo‘lgan turar joy binosining 9-qavatida boshlanib, bir necha qavat yuqoriga tarqalgan.

Dubay hukumati matbuot markazi Dubai Media Office’ning ma'lum qilishicha, fuqarolik mudofaasi xizmati binodagi odamlarni muvaffaqiyatli evakuatsiya qilgan va yong‘inni nazorat ostiga olish ustida ishlamoqda. Ta'kidlanishicha, qurbonlar va jarohatlangan yo‘q. 

“Dubay mash'alasi” deb ham ataluvchi bu bino birinchi marta yonayotgani yo‘q. Bu binoda 2015 yil fevralda  ham kuchli yong‘in chiqqan. O‘shanda is gazidan 7 kishi zaharlangan, 101 ta kvartiraga jiddiy shikast yetgandi.

Bino 2011 yilda ochilganda dunyodagi eng baland turar joy binosi hisoblanardi, hozirda esa 5-o‘rinni egallamoqda. The Torch Dubayning eng nufuzli tumanlaridan biri, ko‘plab xorijliklar yashaydigan Marinada joylashgan.

Top