11:34 / 04.08.2017
8281

Duterte​ universitetlarda barchaga bepul ta'lim olish imkoniyatini taqdim etmoqda

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte iqtisodiy maslahatchilarining tavsiyalarini rad etgan holda, mamlakatning barcha oliy ta'lim muassasalarida bepul ta'lim olish imkoniyatini taqdim etuvchi qonun loyihasini qabul qildi.

"Mamlakat rahbarining fikricha, aynan shunday qonuning qabul qilinishi byudjyet taqchilligini yechishda yangi imkoniyatlarni taqdim etadi", deb xabar beradi prezident Matbuot kotibi o‘rinbosari Menardo Guverra.

Bundan avval iqtisodiy maslahatchilar Dutertega mamlakat byudjyeti yillik ikki milliard AQSh dollari qiymatidagi loyihani qoplay olmasligini bildirgan edi. Bundan tashqari unga ta'lim olayotgan talabalarning 12 foizigina iqtisodiy imkoniyati cheklangan oilalar farzandi ekani ham yetkazilgan.

Shuningdek, prezident ma'muriyati Dutertening olti yillik vakolat muddati yakuniga yetgunga qadar mamlakat infatuzilmasini rivojlantirish uchun 180 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni maqsadli sarflash rejalashtirilganini bildirdi.

Mavzuga oid
Top