18:20 / 04.08.2017
12501

Qarshi shahrida baxtsiz hodisaning oldi olindi

Foto: FVV

2017 yilning 1 avgust kuni kech soat 21:00da Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor navbatchi guruhiga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra, Qarshi shahrida yashovchi 2013 yilda tug‘ilgan F.M. 3-qavat uyning derazasini ochib oynadan pastga tushmoqchi bo‘layotganligi to‘g‘risida qo‘shnilari tomonidan xabar berilgan. Mazkur holatning kelib chiqishi, bolaning kun davomida qarovsiz uyda yolg‘iz qolib ketganligi sabab bo‘lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Olingan tezkor xabar bo‘yicha mas'ul navbatchi guruhi zudlik bilan soat 21:10da voqea joyiga yetib borib, bolani maxsus tog‘ anjomlari yordamida hech qanday tan jarohatsiz 5 qavatli uyning qo‘shni xonadoni orqali 3-qavatga tushib, F.M. xonadonining ochiq oynasi orqali pastga olib tushib qutqarib qolishdi.

Qarshi shahar FVB tomonidan tezkor amalga oshirilgan qutqaruv ishlari natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisaning oldi olindi. Qarovsiz qoldirilgan F.M ota-onasi bilan bog‘lanib bo‘lmaganligi tufayli sog‘-salomat IIB xodimlariga topshirildi.

Top