22:17 / 04.08.2017
15097

Ronaldu sudda: «Hech narsani yashira olmayman. Men xuddi o‘qilgan kitobdekman»

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 31 iyul kuni Posuelo-de-Alarkon sudiga soliqlardan bosh tortish ishi bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

32 yoshli futbolchi 85 daqiqa davomida sudya savollariga javob qaytargan. Marca nashri EFE manbasiga tayanib ushbu ko‘rsatmalardan parcha keltirdi:

– Men har doim barcha soliqlarni to‘lab kelganman, har doim – Angliyada ham, Ispaniyada ham. Men shunchaki hech narsani yashira olmayman. Bu juda kulgili chiqardi. Men shunchaki o‘qib chiqilgan kitobman. Oddiy misol, Forbes jurnali men qancha daromadga ega ekanimni juda yaxshi biladi.

– Men o‘z maslahatchilarimga ishonaman. Ular eng yaxshilardir. Ular mening ishimni yaxshi olib borishlari uchun juda yaxshi haq to‘layman. Men ularga barcha narsani ko‘rish va shug‘ullanish uchun berib qo‘yganman.

– 2014 yilda ham men barcha soliqlarni to‘laganman. Men buni unchalik yaxshi tushunmayman, sababi bor-yo‘g‘ri oltinchi sinfgacha o‘qiganman. Men faqat futbolni qanday yaxshi o‘ynash mumkinligini yaxshi bilaman. Agar maslahatchilarim hammasi joyida deb aytishsa, men ularga ishonaman.

– Senora, men sizni ko‘zingizga qarab turib haqiqatni gapirmoqdaman. Agar sizni aldayotgan bo‘lsam, meni yana bir marta chaqiring va jazoga torting. Har doim men uchun ishlaydigan odamlardan har bir mamlakat uchun soliqlarni to‘lab borishini so‘raganman.

– Ha, men hammadan ajralib turishni istaganman, ammo bu faqat futbol maydonida, uning tashqarisida esa xuddi sizlardek bo‘lishga harakat qilib kelganman.

– Mutaxassislar menga ma'lum qilishdiki, 2014 yil hatto topgan pulimdan ko‘proq soliqni davlat g‘aznasiga to‘lab bergan ekanman.

– Bilaman, juda yaxshi pul ishlab topaman, ammo hamma biladiki, moliyaviy masalalarda men juda to‘g‘ri ish olib borishga harakat qilaman. Shuning uchun ham hozir bu yerda nima qilayotganimni unchalik anglay olmayapman.

– Jorjye Mendeshning mutaxassisligi – o‘z mijozlariga yaxshi shartnomalar taklif qilgani uchun ham uning ishi hammani qoniqtiradi. Nuqta. U soliq atamalarini yoki «Bekxem qonuni»ni tushunishi shart emas, degan Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2011 yildan 2014 yilga qadar 14,7 million yevro miqdoridagi soliqlarni yashirishda ayblanib sudga chaqirilgandi.

Mavzuga oid
Top