17:54 / 04.08.2017
18910

Neymar «PSJ»da

Neymar Parijga keldi va «PSJ» futbolchisi sifatida rasman tanishtirildi. 

Uning taqdimot marosimida parijliklar jamoasi prezidenti Nosir al-Helayfiy ham ishtirok etdi.

Futbolchi va prezident jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi.

Taqdimotdan so‘ng futbolchi klub stadionini aylandi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik hujumchi yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. «Barselona»ga futbolchining shartnomasida ko‘rsatib qo‘yilgan badal puli — 222 million yevro o‘tkazib berildi.

Futbolchi yangi klubida 10 raqam ostida to‘p suradi.

 

Mavzuga oid
Top