23:05 / 04.08.2017
18499

OAV: Shimoliy Koreya yarim yildan keyin kuchli vodorod bomba yaratishi mumkin

Foto: CC0

Shimoliy Koreya olimlari kuchli vodorod bomba yaratish ustida jadal ish olib bormoqdalar. AQSh mudofaa vazirligi manbalariga ko‘ra, yarim yildan keyin bu vodorod bombasi to‘liq tayyor bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Fox telekanali. 

Pentagonda ta'kidlanishicha, bu bomba amerikalik harbiylar Xirosima va Nagasakiga hujum qilgan bombalardan bir necha karra kuchliroq bo‘ladi.  

Avvalroq Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In vodorod bombasi sinovlari o‘tkazilishi haqida gapirib o‘tgan.

Mavzuga oid
Top