Tinch okeanining Tonga Qirolligiga yaqin hududida 5,7 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks».
Ta'kidlanishicha, yer osti silkinishlari Tonga Qirolligining poytaxti - Nukualofa shahridan 228 kilometr shimoli-sharqda qayd etilgan.
Zilzila markazida yer silkinishi “juda kuchli” bo‘lgani aytilmoqda.
Avvalroq dunyoning birdaniga ikki nuqtasida kuchli zilzila yuz bergani xabar qilingandi.