10:50 / 04.08.2017
20062

Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida “Neksiya” ishtirokida jiddiy YTH yuz berdi

Foto: Facebook/DRIVERS.UZ

Toshkent shahrida jiddiy YTH yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi guruhlardan birida xabar qoldirilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ko‘prikda “Neksiya” avtomashinasi YTHga uchragan. Ba'zi foydalanuvchilarning yozishicha, katta tezlikda harakatlangan mashina yo‘l chetidagi to‘siqqa kelib urilgan. Hodisa oqibatida haydovchi transport vositasi ichida tiqilib qolgan. 

Boshqa bir foydalanuvchining so‘zlariga ko‘ra, haydovchi spirtli ichimlik ta'sirida bo‘lgan. Uni kasalxonaga olib ketishgani aytildi. 

Hozircha haydovchining ahvoli va hodisaga nima sabab bo‘lgani borasida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Foto: Facebook/DRIVERS.UZ
Top