21:20 / 04.08.2017
14599

Zidan qanday shart evaziga Mbappe transferiga rozi bo‘lishini aytdi

Agar «Real»ga «Monako»dan Kilian Mbappe kelsa, Garet Beyl ketishi mumkin. Bu haqda Marca xabar tarqatgan.

Keyingi vaqtlarda ushbu 18 yoshli fransuz transferi bo‘yicha muzokaralarda siljish kuzatilmayotgandi, bunga «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning pozitsiyasi sababdir.

Zidan Mbappeni sotib olish uchun Garet Beylni sotishga to‘g‘ri kelishini aytadi. U aks holda «Real»ning hujum chizig‘ida Mbappega joy topib bera olmaydi. Bundan tashqari, agar Beyl sotilmasa va Mbappe kelsa, bu Isko va Marko Asensioga to‘sqinlik qiladi.

Iyul oyi o‘rtalarida «Monako» madridliklarga Mbappeni 190 million yevro evaziga sotishi mumkinligini aytgandi. «Real» esa 150-160 million yevro to‘lab, 20-30 million yevro bonus berishga tayyor. Tomonlar kelishuvga yaqin kelishgan.

Neymar «Barselona»dan «PSJ»ga 222 million yevro evaziga o‘tgach, «Monako» talablarini o‘zgartirdi, endi monegaskliklar Mbappe Madridda «Oltin to‘p» olsa, 25 million yevro bonus to‘lashini istaydi. «Real»ni bu qoniqtirmaydi, ammo transferni to‘xtatib turgan asosiy sabab – Zidanning pozitsiyasidir.

«Real» Beylni 100 million yevroga baholagan. Uni ingliz klublaridan biri sotib olishi mumkin.

Top