22:14 / 05.08.2017
8377

AQShning Minnesota shtatida masjid yonida portlash sodir bo‘ldi

Foto: cbsnews.com

AQShning Minnesota shtatidagi Blumington shahrida joylashgan masjid yonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda KSTP-TV telekanali xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, portlash vaqtida masjidda o‘ndan ko‘proq odam bo‘lgan, ulardan hech kim jabrlanmagan. Shahar politsiyasi o‘t o‘chiruvchilar, FQB va Spirtli ichimliklar, tamaki, o‘qotar qurol va portlovchi moddalar aylanmasini nazorat qilish byurosi bilan birgalikda voqeani tergov qila boshladi.

Politsiya portlashga doir istalgan ma'lumotni taqdim qilishni so‘ragan.

Shaharning musulmonlar hamjamiyati portlash haqidagi ma'lumot uchun 10 ming dollar taklif qilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, politsiya portlashni qasd olish sifatida baholamagan.

Top