10:55 / 05.08.2017
5153

BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga yaqin turibdi

AQSh tomonidan ishlab chiqilgan va BMT Xavfsizlik Kengashiga ko‘rib chiqish uchun taklif etilgan KXDRga qarshi sanksiyalar bo‘yicha rezolyutsiya Shimoliy Koreyaning eksportdan oluvchi daromadini jiddiy qisqartirishni nazarda tutadi. Bu haqda Associated Press hujjatga asosan xabar bermoqda.

BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibidan bo‘lgan diplomatning agentlikka tushuntirishicha, gap Shimoliy Koreya minerallari va dengiz mahsulotlarining har yili 1 mlrd dollarlik qiymatga ega eksportiga taqiq haqida bormoqda. Shu bilan birga, KXDR o‘tgan yilda eksportdan umumiy hisobda 3 mlrd dollar olgan.

Shuningdek, hujjat loyihasi Shimoliy Koreya kompaniyalari bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish va hozirda bor bo‘lganlarga yangi xorijiy sarmoyalar yo‘naltirishga taqiq qo‘yishni nazarda tutadi.

Loyiha bo‘yicha ovoz berish 6 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da bo‘lib o‘tadi.

Top