07:42 / 05.08.2017
13391

Yevropaning  10 ta davlatida issiq havo tufayli xavflilikning qizil darajasi kiritildi

Foto: EPA

Yevropa Ittifoqining 10 ta davlatida anomal issiq havo tufayli xavflilikning qizil darajasi kiritildi. Bu haqda Yevropaning meteoxizmatlar tarmog‘i Eumetnet’ga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, hozirda ekstremal ob-havo sharoitlari Italiya, Chernogoriya, Bosniya va Gertsegovina, Xorvatiya, Serbiya, Vengriya, Ruminiya, Polsha, Shveytsariya va Sloveniya hududida qayd qilingan.

Shuningdek, Ispaniya, Fransiya, Gretsiya, Makedoniya va Bolgariyada xavflilikning zarg‘aldoq darajasi kiritilgan.

Bu davlatlarning ba'zi hududlarida havo harorati 40 gradusdan oshib ketdi. 

Mavzuga oid
Top