15:05 / 05.08.2017
14814

Kislyak Rossiya va AQShning hozirgi munosabatlari haqida: bu hali “sovuq urush” emas

Rossiyaning AQShdagi sobiq elchisi Sergey Kislyakning ma'lum qilishicha, Rossiya va AQShning hozirgi munosabatlarini Sobiq ittifoq va AQShning “sovuq urush” yillaridagi kabi murakkab holatda, deb hisoblamaydi.

U bu haqda “Rossiya 24” telekanalidagi “Matbuot anjumani” ko‘rsatuvi efirida aytib o‘tdi.

“Yo‘q, yo‘q, bu hali “sovuq urush” emas”, - deya ta'kidlab o‘tdi diplomat.

Ikki davlatning munosabatlari qachon o‘sha davrga o‘xshash bo‘lishi haqidagi savolga esa u hazil bilan javob qaytargan.

“Menda bunga qadar bo‘lgan masofani aniq hisoblab berishi mumkin bo‘lgan logarifmik lineyka bor ekaniga ishonch yo‘q”, - dedi Kislyak.

Shu bilan birga, sobiq elchining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va AQShda “sovuq urush” davridagi kabi mafkuraviy qarama-qarshilik yo‘q.

Mavzuga oid
Top