13:27 / 05.08.2017
8390

OAV: Suriya armiyasi IShIDning Dayr az-Zorga hujumini qaytardi

Suriya hukumat qo‘shinlari respublika harbiy-havo kuchlarining qo‘llab-quvvatlovi yordamida IShID terrorchilik guruhining Dayr az-Zor shahriga hujumini qaytardi.

Bu haqda SANA agentligi harbiy manbaga asosan xabar bermoqda. Ta'kidlanishicha, hujumlar vaqtida Makabir tumani tomonidan barcha jangarilar yo‘q qilingan.

Bundan tashqari, Suriya harbiy-havo kuchlari samolyotlari Tallat-Baruk, Mabar al-Kanamat, Makabor va Tella-Allush tumanlarida terrorchilarning tayanch nuqtalari hamda texnikasini yo‘q qilishgan.

Mavzuga oid
Top