12:05 / 05.08.2017
25335

Zangiota tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida qator yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Xususan, polkovnik Zohid Kushatovich Mamadaliyev – Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga,

podpolkovnik Rustam Davronovich Yusupov – Navoiy viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari,

podpolkovnik Qodir Rajabboyevich Botirov – Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i,

podpolkovnik Shuhrat Sherpo‘latovich Norpo‘latov – Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq 7 ta tumandagi IIBga yangi boshliqlar tayinlangani xabar berilgandi.

Top