13:01 / 07.08.2017
13672

Xalqaro Press-klub O‘zbekiston viloyatlari bo‘ylab sayyor anjumanlarni davom ettirmoqda 

O‘zbekistonliklarni qiziqtirgan turli mavzu va dolzarb masalalarning mas'ul vazirlik va tashkilotlar e'tiboriga havola etilishida qat'iy pozitsiyasi bilan tanilib ulgurgan Xalqaro Press-klub o‘z loyihalarini hududiy miqyosda ham kengaytirib bormoqda. 

Xalqaro Press-klub respublika viloyatlari bo‘ylab sayyor anjumanlar o‘tkazishni boshladi. Sayyor anjumanlarning ilk qismi jadval asosida quyidagi viloyatlarda bo‘lib o‘tadigan ochiq muloqotlarni qamrab oladi: 

• 4 avgust | Sirdaryo viloyati - «Sirdaryo: Yangi loyihalar. Yangi maqsadlar. Yangi umidlar» 

 

• 5 avgust | Jizzax viloyati - «Jizzax: Yangi mega loyihalar maydoni» 

 

• 6 avgust | Samarqand viloyati - «Samarqand: Harakatlar strategiyasi. Amal. Ijro. Hayot. Mazmun» 

 

• 7 avgust | Navoiy viloyati - «Navoiy: Kreativ g‘oyalar markazi» 

Samarqandda o‘tgan anjuman davomida aholi vakillaridan kelib tushgan taklif natijasida XPK rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayev viloyatlarda ham Press-klubning doimiy faoliyat ko‘rsatadigan bo‘limlari tashkil etilishi haqida ma'lum qildi. 

Xalqaro Press-klubning viloyatlardagi sayyor anjumanlar loyihasi yaqin kunlarda Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan. 

7 avgust kuni Navoiy viloyatida «Navoiy: Kreativ g‘oyalar markazi» mavzusida anjuman tashkil etiladi. Uni jonli efirda «O‘zbekiston» va «O‘zbekiston 24» kanallarida tomosha qilishingiz, viloyat hayotiga oid savollarni quyidagi 8 (436) 220 09 59 telefon raqamiga yoki XPKning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi https://www.facebook.com/IPCUzbekistan/?fref=ts manziliga yo‘llashingiz mumkin. 

Top