18:07 / 07.08.2017
4677

Xitoyda suv toshqini natijasida 188 ming kishi evakuatsiya qilindi 

Foto: AFP

Xitoyning shimoli-sharqidagi Lyaonin provinsiyasida sel yomg‘irlari natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli 188 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi. "Sinxua" agentligining xabar berishicha, yana 3 kishi halok bo‘lgan. 

Tabiiy ofat natijasida umumiy hisobda provinsiyaning 570 ming aholisi zarar ko‘rgan - 1000 uy va 66,4 ming gektar ekin maydoniga ziyon yetgan. Qator aholi punktlarida avtoyo‘llar va aloqa liniyalari zarar ko‘rgan, elektr energiya uzatish tizimi ishdan chiqqan. 

Tabiiy ofat asoratlarini bartaraf qilish bo‘yicha operatsiyalarda qutqaruvchi va harbiylar ishtirok etishgan, daryo bo‘yidagi muhandislik kommunikatsiyalari monitoringi kuchaytirilgan. 

Sel kelishi va yer ko‘chishi ehtimoli oshishi tufayli hududdagi favqulodda xizmatlar yuqori darajali tayyorgarlik rejimiga o‘tkazilgan. 

 

Mavzuga oid
Top