10:50 / 07.08.2017
14134

Afg‘onistonda IShID va «Tolibon» jangarilari birlashib, 50dan ortiq kishini qatl qildi

Foto: Reuters

IShID va «Tolibon» terrorchilik tashkilotlari jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Sari-Pul viloyatida 50 dan ortiq kishini o‘ldirdi. Bu haqda Sinxua mahalliy viloyat hukumati vakiliga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, IShID jangarilari «Tolibon» guruhidagi ekstremistlar bilan birlashgan va Sayyod tumanidagi Mirza Olang qishlog‘iga hujum qilgan.

«Ular ushbu tumanni egallab olgandan so‘ng, qishloq aholisini mahalliy qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlar vakillari bilan birga qo‘rqoqlarcha va ajratib o‘tirmasdan o‘ldirishdi», - degan suhbatdosh.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, qurbonlar orasida mahalliy aholining 20 nafar vakili, ayollar va bolalar bor.

Avvalroq «Tolibon» jangarilari Afg‘oniston janubidagi to‘g‘onni portlatib yuborishgani xabar berilgandi.

Top