07:54 / 07.08.2017
3537

Isroil hukumati terrorchilar uchun o‘lim jazosini kiritmoqchi

Isroil hukumati terrorchilar uchun o‘lim jazosini kiritmoqchi. Tegishli qonun loyihasi knessetda (parlament) ko‘rib chiqiladi. 

Terrorchilar uchun o‘lim jazosini kiritish qonun loyihasini knessetning "Likud" partiyasidan deputat Nava Prexi-Boker tayyorlagan. Ta'kidlanishicha, loyihani Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qo‘llab-quvvatlagan. 

Hujjatga ko‘ra, terakt deb tan olingan jinoyat uchun qonunbuzarga o‘lim jazosi berilishi mumkin. Ayni vaqtda terrorchilik uchun sudlanganlarga beriladigan maksimal jazo umrbod qamoq jazosi hisoblanadi.

Top