18:50 / 07.08.2017
20247

Messi - La-liga tarixidagi eng yaxshi futbolchi, Ronaldu top-10da ham yo‘q

Foto: Reuters

Ispaniya futboli tarixi va statistikasi tadqiqot markazi (CIHEFE) mamlakat chempionatining 86 mavsumi bo‘yicha futbolchilarning samarali o‘yiniga qarab eng yaxshilarni aniqladi. 

Marca nashri bergan xabarga ko‘ra, ushbu tadqiqotlarda futbolchining maydonda o‘tkazgan vaqti, futbolchining o‘yindan va penaltidan kiritgan gollari, avtogol va qizil kartochkalari qo‘shilib hisob-kitob qilingan.

Unga ko‘ra, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bu borada tengsiz deb topildi. Ikkinchi o‘rinda «Real» hujumchisi Raul joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni yana bir «Barsa»chi (sobiq) Sesar Rodriges band etgan.

Top-10:

1. Lionel Messi («Barselona») – 545 ball
2. Raul, («Real») – 528
3. Sesar Rodriges («Barselona») – 524
4. Telmo Sarra («Atletik») – 493
5. Kini, («Sporting Xixon», «Barselona») – 488
6. Xuan Arse («Sevilya») – 481
7. Alfredo Di Stefano («Valensiya», «Real») – 481
8. Fransisko Xento, («Rasing», «Real») – 467
9. Santilyana («Real») – 464
10. Gilermo Gorostisa («Atletik», «Valensiya») – 454.

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 415 ball to‘plab reytingda bor-yo‘g‘i 17 pog‘onada e'tirof etilgan.

Mavzuga oid
Top