08:16 / 07.08.2017
6425

Polsha: AQSh raketalarini joylashtirish masalasi hozircha ko‘rib chiqilayotgani yo‘q

Polsha Amerikaning o‘rta va kichik masofadagi raketalarini o‘z hududida  joylashtirish imkoniyatini hozircha ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda Polsha TIV rahbari Vitold Vashikovskiy «Kommersant'» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Vashikovskiyga agarda AQSh kongressi o‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi shartnomani qayta ko‘rib chiqib, bunday raketalarni Yevropaga yuborishni istasa, Polsha ularni o‘z hududida joylashtirishga tayyormi, degan savol berilgan.

«Hozircha bularning bari gap-so‘zlar: AQShdan taklif olmaganmiz, bunday qurolni joylashtirish haqidagi qaror esa NATOga bog‘liq bo‘lardi. Menga ma'lumki, hozircha bunday imkoniyatni ko‘rib chiqmayapmiz», - dedi u.

Avvalroq Putin Polsha bilan hamkorlikni cheklashi mumkin ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top