17:05 / 07.08.2017
28688

Prezidentning davlat maslahatchisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari rasmiy sayti xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi PF-5135-son farmoniga muvofiq Shavkat Obidjonovich To‘laganov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Uning zimmasiga erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi ham yuklandi.

Top