11:50 / 07.08.2017
33759

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaziga rahbar tayinlandi

Foto: Xalqaro press-klub

Yangi tashkil qilingan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaziga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Milliy tiklanish» partiyasining palatadagi fraksiyasi a'zosi Alisher Qodirov rais etib tayinlandi.

«Kun» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, Muhammadjon Quronov uning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 28 iyuldagi «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tashkil etilishi belgilangandi. Markaz Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida tashkil etildi.

Top