00:59 / 07.08.2017
17378
Rossiya chempionati tarixida 25 yillik antirekord takrorlandi

Rossiya chempionatining 4-turida «Zenit» amaldagi chempion «Spartak»ni qabul qilib, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Natijada Rossiya chempionatida 25 yildan buyon kuzatilmayotgan natija takrorlandi. O‘shanda ham, 1992 yilda amaldagi chempion TsSKA mehmonda «Okean»ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Ushbu turdan so‘ng «Zenit» «Lokomotiv» bilan bir xil 100 foizlik natija qayd etgan holda peshqadamlik qilmoqda. Amaldagi chempion «Spartak» esa 5 ochko bilan 10-o‘ringa tushib ketgan.

Top