18:03 / 07.08.2017
4608

Tesla Model 3 sedanini ishlab chiqarish uchun 1,5 mlrd dollarni jalb qilmoqchi

Tesla yuqori obligatsiyalarni joylashtirish orqali 1,5 milliard dollarni jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot relizida xabar berilgan.

Kompaniyaning ta'kidlashicha, moliyalashtirish Model 3 elektr sedanini ishlab chiqarishni oshirish fonida lozimdir.

Kupon stavkasi, sotib olish narxi hozircha aniqlanmagan.

Avvalroq Ilon Mask birinchi Tesla Model 3 suratlarini namoyish qilgandi. Tesla kompaniyasi Xitoyda elektromobillar yig‘ishni boshlash bo‘yicha kelishuvni tuzishga yaqin ekani ham xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top