19:25 / 07.08.2017
6030

Ukraina maktablarida rus tilini o‘rganishdan voz kechishmoqda

Foto: Reuters

Ukraina maktablarining 70 foizdan ortig‘i rus tili darslaridan voz kechmoqda. Turli hududlarda rus tiliga ixtisoslashgan sinflar yopilmoqda, bo‘sh qolgan soatlar esa ingliz tilini o‘rganishga yo‘naltirilmoqda. Bu haqida Ukraina Ta'lim vazirligidagi manbasiga asoslanib, RT xabar berdi. 

Rus tilidagi mashg‘ulotlarning o‘tilishi to‘g‘risidagi qarorni har bir o‘quv muassasasidagi ota-onalar qo‘mitasi qabul qiladi. Aksariyat ota-onalar mahalliy amaldorlar bosimi ostida rus tili darslari o‘tilishiga qarshi chiqmoqda. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, maktablardagi ukraina tili darslari sifati talabga javob bermaydi. 

"Ukraina maktablarida rus tilida so‘zlashuvchilar soni tobora kamayib bormoqda. Uch yil avval Ukrainadagi 17 mingdan ziyod maktabning deyarli har birida rus tili o‘qitilgan bo‘lsa, hozirda o‘quv muassasalarining 70 foizga yaqini bu darsdan voz kechgan", - deydi Ta'lim vazirligidagi manba. 

"Ota-onalarning aksariyati ingliz tili soatlari ko‘payishini istashmoqda", - qo‘shimcha qiladi u. 

Mahalliy ma'muriyat bunday o‘zgarishlarga qarshi emas - ular ota-onalarni rus tilidan butkul voz kechib, ukrain tiliga murojaat qilishga chorlashmoqda. 

Top